Jahon | 07:51 / 16.10.2018
17633
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada jangarilar 700 kishini asirga oldi

Foto: Global Look Press

IShID jangarilari 13 oktabrda Suriyaning Al-Bahra tumanidagi qochqinlar lageriga hujum qilib, u yerdagi odamlarni asirga olgan. Bu haqda Suriyada o‘zaro kurashayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari, general-leytenant Vladimir Savchenko ma'lum qildi.  

“IShID jangarilari jazolanmaslikdan foydalanib, 13 oktabrda qochqinlar lageriga hujum qilib, 700 kishidan iborat 130 oilani asirga olgan va Xajinga olib ketgan”, deb ma'lum qildi Savchenko. Uning aytishicha, asirlar terrorchilar tomonidan “tirik qalqon” sifatida qo‘llanishi mumkin.

Savchenkoning ta'kidlashicha, jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibi o‘rnatilganiga qaramay, noqonuniy qurollangan tuzilmalar tomonidan qoidabuzarliklar sodir etilishi davom etmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiya va Pentagon tomonidan nazorat qilinuvchi kurd tuzilmalari Daur-az-Zor viloyatida o‘zlarini go‘yoki IShIDga qarshi urishayotgandek tutishni davom ettirmoqda.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid