Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekoturizm: Orol bo‘yida ikki festival o‘tkaziladi
19-20 oktabr kunlari Nukus va Mo‘ynoqda ikki ajoyib ekofestival o‘tkaziladi – "Orol dengizi va Mo‘ynoqning tiklanishi" hamda "Orol baliqlaridan 99 taom".
Uzbekistan.travel'da ma'lum qilinishicha, festivallar doirasida Orolni tiklashga doir ilmiy anjuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi filiali sifatida Mo‘ynoq etnografik muzeyi ochilishi, baliqdan tayyorlangan taomlarni o‘z ichiga olgan gastronomik tur va folklor ansambllar hamda ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Mo‘ynoq tumanida, Orol bo‘yida festival mehmonlariga ekoturizmning zamonaviy namunalari - o‘tovli lagerlardan tortib to jip va kvadrosikllardagi safarigacha namoyish qilinadi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025