Jamiyat | 07:17 / 17.10.2018
13786
2 daqiqa o‘qiladi

Qish ostonasida: Toshkentda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonlarga issiq kiyimlar tarqatildi

Foto: Toshkent ShIIB

Aniq yashash joyi bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida 147 kishiga issiq kiyim-boshlar va poyabzallar tarqatilgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy sayti.

Ta'kidlanishicha, buyumlar shahar hokimligi va Toshkent ShIIBB xodimlarining sa'y-harakatlari evaziga yig‘ilgan.

Poytaxtdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan biri esa og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonlarga haftasiga bir marta issiq ovqat tarqatish majburiyatini o‘z zimmasiga olganini e'lon qildi. Mana, ikki oydirki, ular haftaning har shanbasida ular reabilitatsiya markaziga kelib, bu yerda saqlanayotgan insonlarga taom pishirib berish bilan shug‘ullanishmoqda.

Biz boshpanasiz va hujjatlarsiz qolgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish istagida bo‘lganlarga yana bir bor manzil va ulanish telefonlarini eslatib o‘tamiz: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3-uy.

Foto: Toshkent ShIIB

Aloqa telefonlari: (98) 367-07- 08 (Markaz boshlig‘i Odil Botirov), (98) 366-01-07 (Markaz boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Baratov).

Mavzuga oid