Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saul Alvares sport tarixidagi rekord qiymatdagi shartnomani imzoladi
O‘rta vazn toifasida WBC, WBA va IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni, meksikalik bokschi Saul "Kanelo" Alvares DAZN striming xizmati bilan sport tarixidagi rekord qiymatdagi shartnomani imzoladi. Bokschi 5 yil ichida 11 ta jang o‘tkazgani uchun 365 mln dollar oladi. Alvares, shuningdek, asosiy gonorardan tashqari, DAZN’ning jang vaqtidagi obunachilari soniga bog‘liq ravishda mukofot puli oladi.
Avvalgi rekord shartnoma beysbolchi Jankarlo Stentonga tegishli bo‘lgan. U 2014 yilda “Mayami Marlins” klubi bilan 325 mln dollarlik 13 yillik shartnoma imzolagan.
Alvares shartnoma doirasidagi ilk jangini 15 dekabrda Nyu-Yorkdagi “Medison Skver Garden”da britaniyalik bokschi Rokki Fildingga qarshi o‘tkazadi.
28 yoshli bokschi hisobida 50 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang natija bor. Meksikalik 2015 yilgacha egalik qilgan, 72,6 kggacha vazn toifasidagi jahon chempioni unvonini qaytara oldi. U oxirgi jangida bungacha hali biror marta yengilmagan qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin ustidan g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025