O‘zbekiston | 12:30 / 17.10.2018
48905
2 daqiqa o‘qiladi

Urganch tumani hokimi ishdan olindi

15 oktabr kuni Urganch tumani hokimi Otabek Ismoilovich Bekchanov ishdan olingan. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Otabek Bekchanov
Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Ayni vaqtda Bekchanovning qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Qudrat Rajapov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan.

Bekchanov 14 oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilgan selektor yakunlariga ko‘ra ishdan ketdi. Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda vaziyat keskin tanqid qilingan, ayrim tumanlarda paxta topshirish rejasi 25-40 foiz atrofida qolayotgani aytilgan hamda respublika bo‘ylab 10 hokim ishdan bo‘shatilishi ma'lum qilingandi. Yig‘ilishda mahalliy sektorlar rahbarlari (tuman hokimlari, tuman prokurorlari, tuman IIB boshliqlari, tuman DSI boshliqlari) bo‘lgan 100dan ortiq qishiga intizomiy choralar (hayfsan, ikki oylik maoshdan mahrum etish, mehnat shartnomasini bekor qilish) qo‘llangandi.

Bundan oldinroq, Farg‘ona viloyatida ikki hokim ishdan ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid