Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston amerikalik talabalarni nimasi bilan o‘ziga jalb etmoqda?
AQShning yetakchi beshta oliy o‘quv yurti iltimosiga ko‘ra, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi binosida joriy yilning 14 oktabr kuni ekskursiya va O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi hamda turistik salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
TIV ma'lumotlariga ko‘ra, Boston, Nyu-York, Kaliforniya va Beylor universitetlari, shuningdek, Ohayo shtati universiteti o‘qituvchi va talabalari O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, takrorlanmas arxitekturasi, mamlakatda ayni paytda o‘tkazilayotgan islohotlar bilan qiziqishgan.
«Mehmonlar uchun Elchixonaning tarixiy binosi va mamlakatimizdan olib borilgan eksponatlar muzeyi bo‘ylab tur tashkil qilindi. O‘zbekiston hunarmandlari va musavvirlarining san'at namunalaridan iborat yirik kolleksiya talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Diplomatlar o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va udumlari haqida tushunchalar berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi», — deyiladi tashqi siyosat idorasining xabarida.
Talabalarni ko‘proq O‘zbekistonga qaysi payt borgan ma'qul, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bor-yo‘qligi, amerikaliklar uchun viza talab etilish-etilmasligi qiziqtirgan. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand va Buxoroning osori-atiqalari taqdimoti, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yangi turistik yo‘nalishlar taqdimoti ularning diqqatlarini jalb qilgan.
Tashrif nihoyasida talabalar O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga mazkur tadbir uchun minnatdorchilik bildirishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025