Jamiyat | 01:31 / 17.10.2018
54480
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Haydovchi ayol va uning yo‘lovchilari YPX xodimlariga po‘pisa qilib, ularni haqoratlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi ayol va uning mashinasidagi yo‘lovchilar Namangan shahri YPX xodimlarining talablariga bo‘ysunishdan bo‘yin tovlagani tasvirlangan «Zamon» informatsion dasturining videoroligi tarqalmoqda.

Qayd etilishicha, Lexus markali avtomobil haydovchisi mashinani davlat raqam belgilarisiz boshqargan. Bu holatda YPX xodimlari uni to‘xtatib, ogohlantirmoqchi bo‘lishgan, biroq ayol qonuniy talablarga bo‘ysunmagan.

Keyinroq u davlat raqam belgilarini o‘rnatgan va avtomobilning barcha oynalarini qora tusli parda bilan to‘sib olgan. Uni to‘xtatishning uddasidan chiqishgan, biroq u YPX xodimlariga e'tiborsiz bo‘lishda davom etgan.

«Biz uni bir necha bor to‘xtatishga urindik, lekin u bo‘ysunishni istamadi. U oynani tushirib, xodimlarni haqorat qildi. Uning haydovchilik guvohnomasi va sug‘urta polisi yo‘q», — deydi YPX xodimlaridan biri.

Videodan ko‘rinib turibdiki, mashina ichidagi ayollar YPX xodimlarini haqorat qilib so‘kinishmoqda.

Namangan shahar IIB kapitani ayni paytda mashina jarima maydonchasiga qo‘yilgani va ayollarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini aytib o‘tdi.

Umuman olganda, bu ayollarning O‘zbekistonda yashashayotgani o‘zi bir omad hisoblanadi.

Ularga davlat avtoraqamisiz mashina boshqarishga qo‘yib berishgan, bir necha bor ogohlantirishgan, nihoyat mashina jarima maydonchasiga jo‘natilgan.

Masalan, AQShda haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzib, talabga bo‘ysunmasa nima bo‘lishini ko‘rib qo‘ying:

Mavzuga oid