Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamol Qoshiqchi o‘ldirilib, jasadi bo‘laklangan – CNN
Turkiyada izsiz yo‘qolgan jurnalist Jamol Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilib, jasadi bo‘laklangan. Bu haqda turkiyalik mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq OAVda turk politsiyasi konsullikda tintuv o‘tkazish vaqtida jurnalistning o‘ldirilgani izlarini topgani ma'lum qilingan. Biroq boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Shuningdek, OAVning ma'lum qilishicha, Ar-Riyod jurnalistning o‘limini tan olishga tayyor, biroq buni “so‘roq vaqtidagi baxtsiz hodisa” deb e'lon qilmoqchi. CNN’ning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni vakillari jurnalistni o‘ldirishni rejalashtirishmagan, balki Turkiyadan yashirincha olib chiqishmoqchi bo‘lishgan. Biroq ularning bu operatsiyadagi “mas'uliyatsizligi” jurnalistning o‘limiga olib kelgan.
Shuningdek, Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli qarorgohini ko‘zdan kechirishni keyinga qoldirdi. Bunga esa saudiyalik konsul Muhammad al-Utaybaning 16 oktabrda Saudiya Arabistoniga qaytgani sabab bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, tekshiruv Saudiya Arabistoni vakillari ishtirokidagina amalga oshiriladi.
Jurnalist 2 oktabrda Saudiya Arabistoni konsulligiga tashrifidan keyin yo‘qolib qolgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025