Jahon | 00:50 / 18.10.2018
5326
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh pastorning ozod etilishi munosabati bilan Turkiyadan sanksiyalarni olishi mumkin 

Foto: EPA / UPG

AQSh Turkiya amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilgani sababli Anqaraga qarshi kiritgan ba'zi sanksiyalarini bekor qilishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi. 

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqarada Pompeo bilan o‘tgan muzokaralarda Vashington tomonidan Anqaraga qarshi kiritilgan sanksiyalar bekor qilinishi haqidagi fikrga kelinganini ma'lum qilgan.  

“Biz yaqin orada bu masala bo‘yicha qaror qabul qilamiz, biroq ba'zi sanksiyalar bevosita pastor Branson bilan bog‘liq bo‘lgan va mantiqan ularni endi bekor qilish kerak”, deb aytgan Pompeo.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblangan Branson hibsda ushlanib turilgani uchun Anqaraga qarshi “katta sanksiyalar” kiritish bilan tahdid qilgan.

“AQSh ajoyib nasroniy, oilaparvar va ajoyib inson pastor Endryu Bransonni uzoq vaqtdan beri hibsda ushlab turgani uchun Turkiyaga katta sanksiyalar kiritadi. U juda azoblanmoqda. Bu aybsiz inson zudlik bilan ozod qilinishi kerak”, deb yozgandi Tramp tvitterda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid