Sport | 13:46 / 18.10.2018
3505
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishlaydigan hakamlarni e'lon qildi - Ravshan Ermatov chaqirilmadi

Dekabr oyida BAAda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladi.

FIFA turnirda ishlash uchun har konfederatsiyadan bittadan brigadani tanlab oldi.

Ular - Janluka Rokki (Italiya), Riuji Sato (Yaponiya), Mahdiy Obid Sharif (Jazoir), Jair Marrufo (AQSh), Uilton Sampayo (Braziliya) va Mett Konger (Yangi Zelandiya).

Bundan tashqari, musobaqada Pavel Gil (Polsha), Massimiliano Irrati (Italiya) va Danni Makkeli (Niderlandiya) hakamlarning videoyordamchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Ayni paytda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 4ta ishtirokchisi ma'lum: Real (Madrid), Guadalaxara (Meksika), Vellington (Yangi Zelandiya), Al-Ayn (BAA, mezbon). Yana uchtasi yaqin orada aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid