Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi va Pike Pogba «Barselona»ga kelishini istamoqda
«Barselona» yetakchilari jamoaga «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba kelishini istashmoqda.
25 yoshli xavbek Fransiya terma jamoasida Usmon Dembele va Samyuel Umtitining yaqin do‘stlari hisoblanadi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, «Barselona»ning asosiy futbolchilari Lionel Messi va Jyerar Pike ham Pogba katalonlar jamoasini kuchaytira oladi deb hisoblashmoqda.
Frantsuz futbolchisining kelishiga bosh murabbiy Ernesto Valverde ham qarshi emas.
Ammo «Barselona» skautlarining Pogba bo‘yicha fikrlari turlicha. Ularning ayrimlari ushbu xavbek jamoa o‘yiniga moslashishi uchun o‘z uslubini o‘zgartirishi kerak deb hisoblaydi.
Bundan avvalroq OAVda Pogba manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashgani tufayli klubdan ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
11:33 / 19.05.2025