Jamiyat | 19:24 / 18.10.2018
43457
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Moshkichiri va mastava xo‘randalari uchun yangi tamaddixona

Qish mavsumi yaqinlashib, havo harorati pasayishi bilan insonlarning issiq taomlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi.

Foto: DavronBotirʼs 

Kecha, 17 oktabr kuni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida o‘zbek milliy taomlari – Moshkichiri&Mastava tamaddixonasi o‘z ishini boshladi. Mazkur tamaddixonaning tantanali ochilish marosimida barcha mehmonlarga xalqimizning sevimli milliy taomlari - moshkichiri va mastava ulashildi. Shuningdek, yig‘ilgan mehmonlar o‘rtasida qiziqarli loyihalar tashkil etildi.

Foto: DavronBotirʼs 

So‘nggi yillarda yurtimizga Osiyo, Yevropa va boshqa xalqlarning milliy va tezpishar taomlari kirib kelib, ular restoran, kafe va tamaddixonalarda tayyorlanmoqda, biroq o‘z milliy taomlarimizga bo‘lgan talab har doim yuqoriligicha qoladi.

Foto: DavronBotirʼs 
Foto: DavronBotirʼs 

Toshkentdagi DavronBotirʼs brendi ostidagi Non-Kabob asoschilari, ikki do‘st Davron Hoshimov va Botir Jo‘rayev ushbu talabni inobatga olgan holda mazkur tamaddixonani tashkil qilishdi.

Tamaddixonada qadimdan xalqimizning tansiq taomlari hisoblangan moshkichiri va mastava ularni tayyorlashning sir-asrorlarini puxta o‘rgangan oshpazlar tomonidan tayyorlanadi.

Foto: DavronBotirʼs 

Eng muhimi taomlarni tayyorlashda mahalliy, halol qo‘y va mol go‘shtidan foydalaniladi.

Foto: DavronBotirʼs 

Moshkichiri&Mastava tamaddixonasi bu – nafaqat mazali taom balki, do‘st va yaqinlar bilan vaqtni maroqli o‘tkazish manzili hamdir. Bir bora tashrif buyuring va tamaddixona taomlarining doimiy mijoziga aylanasiz.

Foto: DavronBotirʼs 

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasi.

Mo‘ljal: “Uch chinor to‘yxonasi” va Shayxontohur tuman IIB.

Murojaat uchun telefon: (+998 95)  199-10-10.

Reklama huquqi asosida

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid