O‘zbekiston | 02:05 / 18.10.2018
4371
2 daqiqa o‘qiladi

TradeUzbekistan.com elektron savdo maydonchasi hamda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali ishga tushadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Internet tarmog‘ida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “TradeUzbekistan.com” elektron savdo maydonchasi ishga tushirilishi belgilanmoqda.

Mazkur savdo maydonchasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lishi belgilanmoqda, shu jumladan:

  • meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar, salohiyatli import qiluvchilar, yangi uzilgan, quritilgan hamda qayta ishlangan eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari turlari va hajmlari, meva-sabzavot mahsulotlari uchun ko‘chatlar, urug‘lar hamda o‘g‘it yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumot aks etuvchi;
  • eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmlari, summasi va yetishtirish hududlari kesimi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portalini ishlab chiqiladi.
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid