Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tusk Osiyo-Yevropa sammitining bosh natijasini ma'lum qildi
Xalqaro qoidalarga sodiqlikning jamoaviy qo‘llab-quvvatlanishi Bryusselda o‘tgan ASeM (Osiyo-Yevropa) sammitining bosh signali bo‘ldi. Bu haqda sammit raisi Donald Tusk aytib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, muzokaralar sermahsul, fikrlar almashish ochiq bo‘lgan.
“Biz xalqaro tartib qoidalariga asoslangan qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqlashga kelishib oldik va bu hozirgi geosiyosiy sharoitlarda bu sammitning eng muhim signalidir. Biz barcha masalalar bo‘yicha yakdil emasmiz, biroq bizda umumiylik borligi har qanday kelishmovchilikdan muhimroqdir”, deb aytgan Tusk sammit ishchi sessiyasi yopilishida.
Sammit bo‘yicha berilgan bayonotda yetakchilar Shimoliy Koreyani yadroviy qurolni tarqatmaslik haqidagi kelishuvga iloji boricha tezroq qaytishga va yadroviysizlashtirish jarayonini yakunlashga chaqirishgan hamda Eron yadroviy kelishuvini jamoaviy qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlashgan.
ASeM sammiti ishtirokchilari, shuningdek, xavfsizlik masalalari, jumladan Suriya, Yaqin Sharq va Ukraina bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025