O‘zbekiston | 17:14 / 19.10.2018
5430
4 daqiqa o‘qiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan majburiyatlar bajarilishining monitoringi yuritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini bajarilishining monitoringini yuritish hamda qabul qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish, shartnoma majburiyatlarini bajarilishini monitoringini yuritish hamda qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuzasidan namunaviy Shartnoma;
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini auksion g‘olibi tomonidan bajarilishi yuzasidan monitoringini yuritish hamda qabul qilish bo‘yicha tuman (shahar) Komissiyasining namunaviy tarkibi tasdiqlanishi mumkin.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish, shartnoma majburiyatlarini bajarilishini monitoringini yuritish hamda qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, auksion g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuzasidan auksion g‘olibi bilan tuman (shahar) hokimi o‘rtasida  tuziladigan Shartnoma rasmiylashtiriladi.

Auktsion g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olingan so‘ng Shartnoma uch ish kuni davomida auksion g‘olibi hamda tuman (shahar) hokimining hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tuziladi.

Shartnomaga, uning ajralmas qismi sifatida Shartnoma majburiyatlarini bajarish jadvali ilova qilinadi.  

Shartnomada yer uchastkasidan foydalanish maqsadidan kelib chiqib, quyidagi majburiyatlar ko‘rsatilishi mumkin:

a) investitsiyaviy majburiyatlar:

auksion g‘olibi tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
qurilish-montaj ishlarini muddatida amalga oshirish;
ishlab chiqarishga xomashyo va materiallar, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni olib kelish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni amalga oshirish;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa majburiyatlar;

b) ijtimoiy majburiyatlar:

yer uchastkasidan foydalanish maqsadidan kelib chiqib, faoliyat sohasini va ishlab chiqarish hajmlarini saqlash;
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va ko‘paytirish;
ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi eksport ulushi;
muayyan iste'molchilarga, qoidaga ko‘ra, aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga, strategik muhim tashkilotlarga mahsulotlar yetkazib berish;
ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va atrof muhitni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
xodimlarning ijtimoiy-maishiy ta'minoti;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa majburiyatlar.

Shartnoma hisobga olish reyestrini yuritish va auksion g‘olibi tomonidan Shartnomada ko‘rsatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilishini monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid