Jahon | 23:45 / 19.10.2018
10290
2 daqiqa o‘qiladi

Interpol sobiq prezidentining rafiqasi turmush o‘rtog‘i o‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Interpolning sobiq prezidenti, Xitoyda qonunbuzarlikda gumon qilinib hibsga olingan Men Xunveyning rafiqasi turmush o‘rtog‘i o‘lik bo‘lishi mumkinligini aytdi. Greys Men bu haqda “Bi-bi-si” teleradiokorporatsiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Bundan tashqari, Greys Men telefon orqali muntazam ravishda tahdidlar olayotganidan arz qilgan. Uning aytishicha, noma'lum kishi uning ortidan 2 jamoa “ov qilayotganini” aytgan.

Greys Menning fikricha, uning eri siyosiy ta'qiblar qurboni bo‘lgan. 

“Turmush o‘rtog‘im tirikligiga ishonchim komil emas. Ular juda berahmlar. Ular irkit usullarni qo‘llashadi. Bu ular har qanday ishdan ham toymasliklarini ko‘rsatadi. Hattoki tasavvur qilolmayman. Buning cheki yo‘q”, deb aytgan Greys Men. Uning ta'kidlashicha, farzandlari otasini sog‘inishgan.

5 oktabrda Fransiya hukumati o‘shanda hali Interpol prezidenti bo‘lgan Men Xunveyning yo‘qolishi yuzasidan tergov boshlagan. Men vatani Xitoyga ketgandan so‘ng bir hafta aloqaga chiqmagani ma'lum qilingan. Keyinroq u Xitoyga kelgandan so‘ng so‘roqqa chaqirtirilgani ma'lum bo‘lgan. Hozirda uning taqdiri haqida hech narsa ma'lum emas. U Interpol rahbari lavozimidan iste'foga chiqqanigina ma'lum qilingan.

Mavzuga oid