Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi masjid 37 yil davomida Ka'baga nisbatan noto‘g‘ri joylashgan bo‘lgani aniqlandi
Turkiyaning Yalova viloyatidagi masjidlardan biri Ka'batullohga noto‘g‘ri joylashgani aniqlandi. 37 yil davomida namozxonlar bundan bexabar bo‘lganlar. Bu haqda Daily Sabah turk nashri ma'lum qildi.
1981 yilda masjid qurilishida xatolikka yo‘l qo‘yilib, Ka'baga yo‘nalishni olishda 33 darajaga adashilgan. Turkiya diniy idoralari vakillari xatolikni ko‘zdan kechirish uchun masjidga kelishgan. Mahalliy imom ushbu muammoning vaqtinchalik yechimini topgan: masjidning poliga Ka'baga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ingichka arqonlar tortib chiqilgan.
Masjid imomi Iso Qoyaning ma'lum qilishicha, ushbu xato haqida barcha xabardor qilingan. Masjid joylashgan qishloqqa yuqoriroq martabadagi imom kelib, mahalliy aholiga o‘zgarishlar haqida tushuntirish bergan. Ta'kidlanishicha, masjid intereri keyinroq Ka'ba tomonga yo‘nalgan qilib to‘liq o‘zgartiriladi.
Nashrda ta'kidlanishicha, namozxonlar bu xatolikdan bexabar bo‘lganlari sababli ularning namozlari to‘g‘ri ado etilgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025