Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil sentabr oyidagi tegishli qaroriga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi xodimlari «Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantirishi belgilangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Agentlik axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, 2018 yil oktabr oyidan boshlab Davlat xizmatlari agentligining barcha hududiy boshqarmalarida arxivarius lavozimi joriy etilishi kutilmoqda. Arxivarius FHDYo bo‘linmalaridagi hujjatlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazgan holda, keyinchalik «Yagona elektron FHDYo arxivi» axborot tizimi bilan integratsiyalash uchun yagona arxiv fondini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.
Mazkur FHDYo arxivida saqlanayotgan barcha yozuvlarni 2022 yil 1 yanvarga qadar raqamli ko‘rinishga o‘tkazish rejalashtirilgan. Tizim amaliyotga tatbiq etilgach, FXDYo arxiv hujjatlariga oid ma'lumotlardan nusxa olish, so‘rovnomaga javob qaytarish muddatlari kamayadi, bunda inson omili birmuncha raqamlashtirilgan tizim bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
13:40 / 19.06.2024
IHeS Rossiyani sovet arxivlaridan foydalanishga ruxsat bermagani uchun qoraladi
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
19:08 / 01.05.2024