Dunyoning eng yaxshi aeroportlari ma'lum qilindi

Business Traveller Awards 2018 mukofoti talqiniga ko‘ra, Singapurdagi Changi aeroporti 31 yildan beri dunyoning eng yaxshi aeroporti deb tan olinmoqda.
Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti Yevropadagi eng yaxshi aeroport” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan, Londondagi Xitrou aeroporti esa qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini tax-free tizimi bo‘yicha qaytib olishni istovchi shoping ixlosmandlari uchun eng yaxshi aeroport deb topilgan.
Aviakompaniyalar orasida British Airways ajralib turgan. Ushbu kompaniya uch yo‘nalish: “Qisqa masofalarga eng yaxshi tashuvchi”, “Doimiy mijozlar uchun eng yaxshi dastur” va “Eng yaxshi launj”da g‘olib bo‘lgan.
“Eng yaxshi loukoster” yo‘nalishida Britaniyaning Easyjet kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. “Sharqiy Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyasi” yo‘nalishidagi g‘oliblik “Aeroflot”ga nasib qilgan.
Business Traveller Awards mukofoti 1988 yildan beri har yili o‘tkazilib, mutolaachilar ovoz berishi natijalariga asoslanadi.
Mavzuga oid

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025