Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda uch ayol va to‘rt erkakdan iborat bosqinchi guruh qo‘lga olindi
1 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchilar: muqaddam sudlangan M.A. (ayol), shuningdek, F.Yu (ayol) va Sh.Sh., I.N. hamda Koson tumanida yashovchilar: Z.P. (ayol) va T.X, M.N hamda F.N. Qarshi shahrida yashovchi F.N. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular “Qavali” mahallasi hududiga yetib kelganlarida haydovchi F.N.ning yuziga qo‘llari bilan urib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib 55.000 so‘m puli va “Samsung” mobil telefoni hamda elektron jihozlarini olib ketganlar.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoiy guruh a'zolari ushlanganlar.
Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025