Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya podshohi Qoshiqchining o‘limiga oid ma'lumotlar ortidan amaldorlarni ishdan haydadi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Umumiy razvedka xizmati rahbarining o‘rinbosari lavozimini egallagan general Ahmad Asiriyni ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Bu haqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek ta'kidlanishicha, podshohning maslahatchisi Saud al-Qahtoniy ham ishdan bo‘shatilgan. Bu kadr o‘zgarishlari haqidagi xabarlar Saudiya Bosh prokuraturasining muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi halok bo‘lgani haqidagi bayonoti ortidan paydo bo‘ldi. Jurnalist mamlakatning Istanbuldagi konsulxonasida yuzaga kelgan janjal oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumganini tan olgandi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu mushtlashuvga olib kelgan, so‘ng Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025