Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
STIR qanday rasmiylashtiriladi?
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Xizmatdan uch xil yo‘l bilan foydalanish mumkin:
• Davlat xizmatlari markazlari orqali;
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (portalda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi);
• Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali.
Uchala holatda ham doimiy yashash joyi (hudud va tuman/shahar nomi), F.I.O., tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – shaxsni tasdiqlovchi hujjat), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (pasportda qayd etiladi), elektron pochta manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda anketa to‘ldiriladi. Bundan tashqari, pasport nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda uning uchun anketani markaz xodimi to‘ldiradi. So‘ng u qog‘ozga chiqariladi, anketadagi ma'lumotlarning to‘g‘riligi ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi, hujjatlar markaz xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va Davlat soliq qo‘mitasiga yuboriladi. Bunga 10 daqiqa ketadi.
So‘ng DSQ hujjatlarni olgan paytdan boshlab 1 soat ichida matritsali shtrix-kodli (QR-kodli) soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi. DSQ xodimining ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat Davlat xizmatlari markaziga (ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud bevosita ariza beruvchiga (YaIDXP yoxud DSQning veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) yuboriladi. Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa ichida elektron hujjatni ariza beruvchiga yuborishi, uning so‘roviga ko‘ra uni qog‘ozga chiqarishi va elektron shaklda taqdim etishi shart.
Ushbu davlat xizmatidan foydalanish chog‘ida ariza beruvchi elektron raqamli imzoga ega bo‘lishi talab etilmaydi. Xizmatning o‘zi esa – bepul.
Hujjat 15.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi
08:20 / 18.01.2025
Qishloq transport vositalari xavfsizligining texnik reglamenti tasdiqlandi
11:39 / 08.01.2025
Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlandi
08:10 / 08.01.2025