Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1, AQSh Gran-prisi: Raykkonen – birinchi, Hemilton – uchinchi
“Formula-1” avtopoygasining AQSh Gran-prisida “Ferrari” jamoasi a'zosi Kimi Raykkonen g‘olib bo‘ldi. Marraga ikkinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen, uchinchi bo‘lib musobaqa peshqadami, “Mersedes” poygachisi Lyuis Hemilton, to‘rtinchi bo‘lib “Ferrari”ning yana bir a'zosi Sebastyan Fettel yetib kelgan.
Hemilton marraga kechroq kelgani sababli muddatdan avval chempion bo‘lish uchun Fetteldan zarur bo‘lgan 8 va undan ko‘proq ochkoga o‘zib keta olmadi va chempionlikni keyingi bosqichlarga qoldirdi. Britaniyalik asosiy raqobatchisidan 3 ochkogagina o‘za oldi.
Poyganing 19-bosqichi 26-28 oktabrda Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Umumiy hisobda Xemilton 346 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Sebastyan Fettel (276) va Kimi Raykkonen (221) egallamoqda.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022