Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning olamshumul rekordi, «Yuventus»ning ilk qoqilishi, Milan derbisidagi shiddatli o‘yin - Italiyada 9-tur voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga molik bo‘lgan bir qancha qiziqarli voqealar yuz berdi.
«YuVeNTUS» MAVSUMDA ILK MAROTABA OChKO YO‘QOTDI
«Yuventus» o‘z maydonida kamtarona «Jyenoa» bilan bellashdi va kutilmaganda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yin mezbonlarning katta tashabbusi ostida o‘tdi. 18-daqiqada Ronaldu chap qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Shundan keyin ham «Yuventus» ko‘plab qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.
67-daqiqada «Jyenoa» hisobni tenglashtirdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Bessa osonlik bilan darvozaga yo‘lladi. «Yuventus» himoyachilari bu vaziyatni tomoshabin sifatida kuzatib turishdi xolos. Shundan so‘ng, mezbonlarning g‘alabani ilib ketish uchun qilgan barcha urinishlari samarasiz ketdi. Natijada, «Yuventus» mavsumda ilk marotaba ochko yo‘qotdi.
O‘yindan so‘ng, turinliklar ustozi Massimiliano Allegri bu durangni mag‘lubiyatga tenglashtirdi: «Skudetto mana shunday o‘yinlarda qo‘lga kiritiladi va boy beriladi. Hammasi oddiy, biz bu o‘yinni yutqazdik. «Jyenoa» bosh ko‘tardi va 2:0 o‘rniga, o‘zimiz gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda uxlab qoldik. «Jyenoa» gol urgach, uyg‘ondik, ammo hech narsa qilolmadik. Biz maydonda jon berishimiz lozim edi».

Yuventus – Jyenoa 1:1 (1:0, 0:1)
20 oktabr, «Alyants Stedium»
Gollar: 1:0 – 18 Ronaldu, 1:1 – 67 Bessa.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bonuchchi, Benatiya, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Dibala, 71), Kuadrado (Duglas Kosta, 59), Mandjukich (Bernardeski, 81), Ronaldu.
Jyenoa – Radu, Biraski, Romero, Krishito, Pedru Pereyra (Gyunter, 79), Romulo, Sandro, Lazovich, Bessa (Xilemark, 82), Kuame (Pandev, 85), Pyontek.
Ogohlantirishlar: Romero (9), Benatiya (30), Krishito (71), Pandev (89).
MILAN DeRBISIDA «INTeR» G‘ALABA QOZONDI
«Inter» va «Milan» o‘rtasidagi bahs sermahsul bo‘lmadi, ammo juda keskin va qiziqarli o‘tdi. 1-bo‘limda jamoalar ehtiyotkor o‘ynadilar, natijada xavfli vaziyatlar biroz kamroq bo‘ldi. Bo‘lim oxirida «Inter» tashabbusni qo‘lga oldi, «Milan» esa qarshi hujumlarda raqib darvozasiga xavf sola boshladi. Biroq, so‘nggi pallada hujumchilarga aniqlik yetishmadi.
Ikkinchi bo‘limda «Inter»ning bosimi kuchaydi. O‘z navbatida «Milan» ham qarshi hujumlar taktikasini o‘zgartirmadi. O‘yin golsiz durang bilan yakunlanadigandek ko‘rinayotgan pallada «Inter» g‘alabani ilib ketdi. Vesino o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Donnarumma unga chiqishda adashdi va Ikardi boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng, «Inter» uchinchi o‘ringa chiqib oldi. «Milan» esa 12-o‘ringa tushdi.
O‘yindan keyin «Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti g‘alabani shunday izohladi: «Biz haqli ravishda g‘alaba qozondik, o‘yinni boshidan oxirigacha raqib maydonida o‘tkazdik. Men «Inter»ga g‘alaba qozonish uchun keldim, maoshni olib, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish uchun emas. Men «Inter»ning kelajagini yaratmoqchiman, futbolchilar ham shuni qilishi shart».
«Milan» bosh murabbiyi Jyennaro Gattuzo mag‘lubiyatdan qayg‘uda ekanini yashirmadi: «Agar o‘yin 0:0 hisobida yakunlanganida, bundan ko‘proq ijobiy holatlarni ajratib olishimiz mumkin edi. Bu jismoniy futbol bo‘ldi, bu bizga yoqmaydi. Afsuski mavsum boshidan buyon, birorta o‘yinda darvozamiz daxlsizligini saqlab qololmadik. Biz dadil o‘ynamadik, e'tiborni susaytirib, ahmoqona gol o‘tkazib yubordik», – dedi Gattuzo.

Inter – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
21 oktabr, «Juzeppe Meatstsa (San-Siro)» stadioni
Gol: 1:0 – 90+2 Ikardi.
Inter – Handanovich, Vrsalko, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Brozovich, Politano (Kandreva, 82), Nainggolan (Valero, 30), Perishich (Keyta Balde, 70), Ikardi.
Milan – Donnarumma, Kalabriya (Abate, 90), Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie (Bakayoko, 84), Bigliya, Bonaventura, Suso, Iguain, Chalhano‘g‘li (Kutrone, 74).
Ogohlantirishlar: Bigliya (20), Chalhano‘g‘li (44), Kalabriya (45), Suso (61), Politano (75), Bakayoko (90), Keyta Balde (90).
«NAPOLI» YIRIK HISOBDA ZAFAR QUChDI
«Napoli» safarda «Udineze» bilan o‘ynadi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Neapolliklar o‘yinda tashabbusga ega bo‘lib, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olishdi. Fabian Ruis, Mertens va Rog gollari Anchelotti shogirdlariga ishonchli g‘alabani keltirdi. Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 21 ochko jamg‘arib, peshqadam «Yuventus»dan 4 ochko ortda qolgan holda, 2-o‘rinda bormoqda.
O‘yindan keyin, g‘oliblar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti quyidagi fikrlarini aytib o‘tdi: «Bu juda keskin o‘yin bo‘ldi, qaysidir ma'noda kurash desak ham bo‘ladi. Biz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Oldinda bizni «PSJ» klubiga qarshi bahs kutmoqda. Pley-offga chiqish uchun hal qiluvchi o‘yin desak ham bo‘laveradi».

Udineze – Napoli 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 14 Fabian Ruis, 0:2 – 82, penalti Mertens, 0:3 – 85 Rog.
«ROMA» KUTILMAGANDA O‘Z MAYDONIDA YuTQAZDI
«Roma» klubi o‘z maydonida SPAL bilan bellashib, 0:2 hisobida yutqazdi. Jamoa hali ham o‘z o‘yinini topolmayotgani ko‘zga tashlanib turdi. Rimliklar o‘yinda tashabbusga ega bo‘lsalar-da, vaziyatlardan unumli foydalana olmadilar. SPAL esa o‘z imkoniyatlarini ko‘kka sovurmadi va 2ta gol urib, shov-shuvli g‘alabaga erishdi. Bu natijadan so‘ng, «Roma» 14 ochko bilan 7-o‘ringa tushib qoldi.
Bellashuvdan so‘ng, rimliklar ustozi Eusebio Di Franchesko mag‘lubiyat sabablarini aytdi: «Penalti hamma narsani o‘zgartirib yubordi. Bungacha SPAL darvozamizga birorta zarba berolmadi. Biz esa juda shoshildik. Jyeko juda yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lgan edi. Ammo biz uning jismoniy holati maromida emasligini bahona qilmasligimiz lozim».
Roma – SPAL 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 38, penalti Petanya, 0:2 – 56 Bonifatsi.
A SeRIYa 9-TUR NATIJALARI
20 oktabr
Roma – SPAL 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 38, penalti Petanya, 0:2 – 56 Bonifatsi.
Yuventus – Jyenoa 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 18 Ronaldu, 1:1 – 67 Bessa.
Udineze – Napoli 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 14 Fabian Ruis, 0:2 – 82, penalti Mertens, 0:3 – 85 Rog.
21 oktabr
Frozinone – Empoli 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar: 1:0 – 8, avtogol Silvestre, 1:1 – 32 Zayts, 1:2 – 48 Silvestre, 2:2 – 54, penalti Chiofani, 3:2 – 63 Chiofani, 3:3 – 79 Uchan.
Parma – Latsio 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 81, penalti Immobile, 0:2 – 90 Korrea.
Kevo – Atalanta 1:5 (0:2, 1:3)
Gollar: 0:1 – 25 de Ron, 0:2 – 28 Ilichich, 0:3 – 50 Ilichich, 0:4 – 52 Ilichich, 0:5 – 72 Gosens, 1:5 – 84, penalti Birsa.
Bolonya – Torino 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 13 Yago Falke, 0:2 – 54 Bazelli, 1:2 – 59 Santander, 2:2 – 77 Kalabrezi.
Fiorentina – Kalyari 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 60, penalti Veretu, 1:1 – 69 Pavoletti.
Inter – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+2 Ikardi.
22 oktabr
Sampdoriya – Sassuolo
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
9 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa)
6 - Chiro Immobile (Latsio, 1), Lorentso Insine (Napoli)
5 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus), Gregore Defrel (Sampdoriya)
4 - Leonardo Pavoletti (Kalyari), Rodrigo De Paul (Udineze, 1), Mario Manjukich (Yuventus), Gonsalo Iguain (Milan), Mauro Ikardi (Inter, 1)
A SeRIYa NAVBATDAGI TUR O‘YINLARI
27 oktabr
Atalanta - Parma
Empoli - Yuventus
Torino - Fiorentina
28 oktabr
Sassuolo - Bolonya
Jyenoa - Udineze
Kalyari - Kevo
SPAL - Frozinone
Milan - Sampdoriya
Napoli - Roma
29 oktabr
Latsio - Inter
RONALDU TOP-5 LIGALAR ReKORDChISIGA AYLANDI
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 9-turidan o‘rin olgan «Jyenoa»ga (1:1) qarshi o‘yinda gol urdi.

Bu 33 yoshli portugaliyalikning klublar darajasidagi 400-goli bo‘ldi. Ronaldu shundan 84tasini «Manchester Yunayted», 311tasini «Real» va 5tasini «Yuventus» tarkibida urgan. Ronaldu Yevropaning top-5 ligalari ichida bunday ko‘rsatkichga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (388ta gol) boryapti. Undan keyingi o‘rinlarni Jimmi Grivz (366), Gerd Myuller (365), Stiv Blumer (317) va Diksi Din (310) egallab turibdi.
«MILAN» MOLIYaVIY MUAMMOLAR GIRDOBIDA
«Milan» klubi 2017-2018 moliyaviy yilini o‘z tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich bilan yakunladi. «Qizil-qoralar»ning umumiy zarari 126 million yevroni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab - 2017 yil yozida amalga oshirilgan juda katta transfer kompaniyasi bo‘ldi. «Milan» futbolchilarni xarid qilishga 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan edi.

Endi klub moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun UYeFA tomonidan jarimaga tortilishi, yevrokuboklardan chetlatilishi yoki yevrokubok qaydnomasiga kiritiladigan futbolchilarining ro‘yxati qisqartirilishi mumkin.
«ROMA» BOSh MURABBIYI ISTe'FOGA ChIQARILIShI MUMKIN
«Roma» bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko yaqin orada ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Klub prezidenti Jyeyms Pallotta SPAL (0:2) klubidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, mutaxassisni zudlik bilan iste'foga chiqarib yubormoqchi bo‘lgan. Ammo, yordamchisi Franko Baldini maslahatiga ko‘ra, qarorini 4ta o‘yinga kechiktirgan.
Endi Di Franchesko Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan TsSKA klubiga qarshi uy va safar o‘yinlarida, shuningdek, «Napoli» va «Fiorentina»ga qarshi bahslarda 100% ochko to‘plamasa, ishsiz qoladi.
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020