Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda raqamli tibbiy rentgen diagnostika apparati ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda raqamli tibbiy rentgen diagnostika uskunalari ishlab chiqariladi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ⅰ O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiyaning nufuzli kompaniyalari o‘rtasida 4 ta kelishuv hamda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar o‘rtasida kabel-o‘tkazgich mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha umumiy qiymati 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.
Dastavval Rossiyaning “Cheboksar elektroapparat zavodi” AJ bilan “O‘zbekiston Respublikasida yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan chastotali o‘tkazgich hamda yuqori voltli elektr dvigatellarni yengil ishga tushirish qurilmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, «Meditsinskiye texnologii Ltd» AJ hamda «S.P.Gelpik» MChJ bilan “O‘zbekiston Respublikasida yuqori texnologiyali raqamli tibbiy rentgen diagnostika asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish”, “Nura Invest” MChJ bilan “Akkumlyator batareyalar ishlab chiqarishni tashkil etish”, shuningdek "Indastrial Xolding" MChJ bilan “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari doirasida ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Forum Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
Mavzuga oid
12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
09:48 / 14.03.2025
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?
11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi
12:40 / 14.02.2025