Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 20 yildan ortiqroq vaqt davomida soxta diplomlar bilan ishlab kelgan o‘qituvchilar aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi maktabda uzoq yillardan buyon soxta diplom bilan ishlab kelayotgan o‘qituvchilarni aniqladi.
«Departamentning Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqarolar S.G. va B.A. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlarining qalbaki ekanligini oldindan bila turib, fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelganliklari aniqlangan.
Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
16:04 / 26.03.2025