Moliya vaziri: hech kimning kafilligini olmaganmiz, vazifamiz - raqobatni shakllantirish
Moliya vazirligi G‘aznachiligida Moliya vazirligi tizimidagi mas'ul mutaxassislar, jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, energetika sektori hozirda juda ham murakkab ahvolda.
“Bunday olib qarasa, davlatning vazifasi qaysidir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash emas. Ha, ta'lim, sog‘liqni saqlash davlatning vazifasi. Lekin bizning vazifamiz energetika sektori yoki neft-gaz kompaniyani qo‘llab-quvvatlash emas. Bizning maqsad - bu tarmoqlarni isloh qilib, bozor prinsiplariga o‘tkazish, ularni biznesga aylantirish va odamlar bozor prinsipi asosida raqobat bilan paydo bo‘lgan narxlarda mahsulot sotib olishi.
Biz hech kimning kafilligini olmaganmiz. Davlatning vazifasi bunaqa emas. Bizda yoki neft-gazni, yoki “Havo yo‘llari”ni qo‘llab-quvvatlash vazifasi yo‘q. Vazifamiz - raqobatni shakllantirish.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi qaysidir muayyan tarmoq yoki kompaniyani qo‘llab-quvvatlash emas, balki bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga olib raqobatdosh narxlar asosida aholi va iqtisodiyotni energoresurslar bilan ta'minlashdan iborat”, - deydi J.Qo‘chqorov.
Mavzuga oid
14:01 / 20.08.2024
Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi
14:16 / 03.06.2024
“Xonadonlarning uchdan bir qismida tabiiy gaz yo‘q” - Jamshid Qo‘chqorov
07:51 / 07.03.2024
Toshkentdan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilandi
17:56 / 20.12.2023