O‘zbekiston va Belarus xavfsizlik sohasida hamkorlik rejasini imzoladi
Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Stanislav Zas O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildilar, barcha sohalarda ijobiy dinamika to‘g‘risida gapirib, uni kengaytirish istiqbollarini belgilab olishdi.

Kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida 2019-2020 yillarda xavfsizlik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Mavzuga oid

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

00:29 / 10.03.2025