Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arveladze: «Maydon holati jamoalarga yanada hujumkor va chiroyli o‘ynashga imkon bermadi»
«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 27-turidan o‘rin olgan va «Milliy» stadionda o‘tgan «Bunyodkor»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu jamoa bilan o‘ynash yoqimli. Ular himoyada turmasdan, futbol o‘ynashga intilishadi. Bugun ham shunday holat yuzaga keldi.

Maydon holati jamoalarga yanada hujumkor va chiroyli o‘ynashga imkon bermadi. Biz mag‘lubiyatdan keyin og‘ir haftani o‘tkazdik va o‘zimizga kela oldik. Futbolda ruhan o‘ziga kelib olish og‘ir, biz esa ushbu o‘yinga hozirlik jarayonida buni uddalashga erishdik.
O‘zbek futbolida iqtidorlar yetarli. Har doim qaysidir chiziqlar bilan muammolar bo‘lib turadi. Hozir hujumchilar bilan bog‘liq muammo ko‘p joyda bor. Qaysidir iqtidor ertaga paydo bo‘ladi. Yaxshiboyev, Alijonov, Aliboyev, Shukurov, Turg‘unboyev, Hamdamov kabi futbolchilar ertaga o‘zbek futboli ishonchiga aylana olishadi», - deb Arveladze so‘zlarini keltirmoqda «Paxtakor» klubi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
10:06 / 04.03.2025
Toshkentdagi maktabda stadion panjaralari qulab tushdi
17:15 / 02.12.2024