Jahon | 09:51 / 24.10.2018
6535
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yaponiyalik jurnalist ozod etildi

Suriyada “Al-Qoida” jangarilari tomonidan 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist Dzyumpey Yasuda ozod etildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Dzyumpey Yasuda
Foto: Twitter

Yaponiya hukumati vakili Yesixide Suganing ma'lum qilishicha, 44 yoshli jurnalist ayni vaqtda Turkiyaning Antakya tumanidagi muhojirlarni qabul qilish byurosida qolmoqda.
 
“Ayni vaqtda Yaponiya tomonidan ushbu shaxs haqiqatan ham Dzyumpey Yasuda ekanligining tasdiqlanishi kutilmoqda”, deb aytgan Turkiya vakili. Ta'kidlanishicha, jurnalist 2015 yilda Turkiya hududi orqali noqununiy ravishda Suriyaga o‘tgan.  
 
Yasuda Suriyaga 2015 yilda kirib, terrorchilar tomonidan ushlab olingan. Jangarilar uning ozod etilishiga 10 mln dollar so‘rashgan, biroq Yaponiya hukumati bu talabni bajarishdan bosh tortgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid