E-visa orqali O‘zbekistonga kirish istagini bildirgan xorijliklar soni 17 mingdan oshdi
Joriy yilning 24 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga kelish niyatida elektron viza olish uchun ariza topshirgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 17 218 nafarni tashkil qilmoqda. Bulardan 11 263 nafari - erkaklar, 5 955 nafari esa ayollardir.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, bugunga qadar 16 919 kishi E-visa tizimi orqali O‘zbekistonga kirish vizasini qo‘lga kiritgan. 280 nafar xorij fuqarosining arizasi ko‘rib chiqilmoqda. 19 nafari rad javobini olgan.
O‘zbekistonga kirish vizasi uchun ariza topshirganlar soni bo‘yicha Xitoy 4 469 kishi bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni 1 696 fuqaro bilan AQSh egallab turibdi. Hindiston 1 587 nafar fuqarosi bilan elektron viza statistikasining uchinchi pog‘onasida joylashgan.
Shuningdek Buyuk Britaniya (1 413), Fransiya (1018), Germaniya (895) va Italiya (840) fuqarolari ham elektron viza ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan.
Mavzuga oid

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025