O‘zbekiston | 10:16 / 25.10.2018
18174
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Mudofaa vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 18-bandning “a” kichik bandidagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtiriladi.

2. 33-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisidagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtiriladi.

3. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Rezerv darajalari

Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi.

Ikkinchi daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda bo‘lish va harbiy xizmatga majburlarning zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid