Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytda O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi (fotojamlanma)
Al-Kuvayt shahri (Kuvayt)dagi CrownePlaza mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlangan tadbirni mamlakatimizning Kuvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A'loyev ochib berdi, deya xabar beradi KUN.UZ muxbiri.


Elchi mehmonlar va Kuvaytda yashovchi o‘zbeklarga O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar, yurtimizning turistik salohiyati hamda davlatlararo munosabatlardagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.
Tadbir doirasida o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan ishlangan amaliy san'at namunalari namoyish qilindi.




Shuningdek, O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi Kuvayt milliy madaniyat va san'at konsulligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturini tashkillashtirdi.

"Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri tomonidan o‘zbek, arab va jahon klassikasi musiqalarining taqdim etilishi Kuvaytdagi o‘zbeklar va mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Kuvaytda yashovchi va ishlovchi o‘zbeklar qadrdon ohanglarni maroq bilan tinglashdi. Shuningdek, arab musiqalari ijrosi mahalliy xalqni xursand qildi. Bunday tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi", - deydi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili G‘ayrat Zunnunov.
O‘zbekistondan olib borilgan masalliqlar bilan tayyorlangan palov esa barcha mehmonlar tahsiniga sazovor bo‘ldi.

Ta'kidlash joizki, o‘zbekistonlik hunarmandlar ko‘rgazmasi va orkestr konserti yana ikki kun davom etadi.



Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
14:10 / 14.05.2025