O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimi yanada takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasi o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qaror yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ylotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, umumiy o‘rta ta'lim maktablari hamda akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida "Umid nihollari" sport musobaqalarining final bosqichi har uch yilda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida, viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida "Barkamol avlod", oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Universiada" sport musobaqalarining respublika final bosqichi har yili sport turlari bo‘yicha navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
Sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
a) sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘pta maxsus ta'lim vazirligi, Kasb-hunar ta'limi markazi hamda O‘zbekiston Respyblikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti uyushmasi, O‘zbekiston "Yoshlik" Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashlariga jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan byudjyet mablag‘lari doirasida, shuningdek homiylik xayriyalari va byudjyetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda o‘tkazilishi, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash shuningdek, musobaqalarning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga "Prezident sovg‘asi" sifatida respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovg‘a qilish;
b) sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u yerda joylashgan infratyzilma obektlarini homiylik xayriyalari hamda byudjyetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
v) sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an'analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
Qarorda O‘zbekiston Respyblikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga uch oy muddatda "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

10:54 / 24.03.2025
ChatGPT bilan muntazam muloqot xavfli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

15:40 / 18.02.2025