Jahon | 21:48 / 26.10.2018
16886
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada teraktlar rejalashtirgan IShID a'zolari qo‘lga olindi

Foto: Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskvada teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan IShID yacheykasining faoliyatiga chek qo‘yishdi. Bu haqda FXXning jamoat aloqalari markazi ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, ushbu yacheykaning 6 a'zosi ushlangan. 

“Qo‘lga olingan shaxslar tomonidan Moskvada o‘qotar qurol va portlovchi qurilmalar qo‘llagan holda teraktlar amalga oshirilmoqchi bo‘lgan”, deb ma'lum qilingan FXXda.

Tintuv vaqtida qo‘lga olinganlardan avtomatik qurollar tortib olingan. Bundan tashqari, ular yonidan portlovchi qurilmalar tayyorlash sxemalari, pullar va “teraktlarga tayyorgarlik haqidagi hisobot bo‘lgan aloqa vositalari” topilgan.

Yacheykaning faoliyati Suriyadan markaziy osiyolik emissarlar tomonidan boshqarilgan. FXX ma'lumotlariga ko‘ra, yacheyka xorijdan yuborilgan pullar hisobiga moliyalashtirilgan. 

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

25 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX xodimlari joriy yilning 9 oyi davomida terrorchilik yo‘nalishidan 26 ta jinoyat, jumladan 15 ta teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lishgani haqida xabar qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid