Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy birinchi bo‘lib orbitaga genlar bankini olib chiqdi

Foto: pixabay.com
Xitoyning Shainghai ManWei Technology kompaniyasi tarixdagi ilk koinot genlar bankasini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma'lum qildi.
Raketa 25 oktabrda Tayyuan kosmodromidan “Chanchjen-4” raketa-tashuvchi yordamida orbitaga yetkazilgan.
Loyiha tashkilotchilarining ta'kidlashicha, 8 nafar xitoylikdan olingan gen materiali ming yilga yaqin beshikast saqlanadi. U koinot radiatsiyasi ta'siriga bardoshli maxsus konteynerga joylanadi.
Telekanalning mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, sayyoramiz zaxiralar kamayib ketishi va aholi haddan ziyod ko‘payib ketishi oqibatida yaqin 400 yildan keyin yaroqsiz holga kelishi mumkin.
“Bu genlar banki yordamida yangi insoniyat sivilizatsiyasi yaratilishi ko‘zda tutilgan”, deb aytilgan telereportajda.
Yaqin kelajakda Shainghai ManWei Technology millionlab namunalar saqlanadigan genlar bankini yaratmoqchi. Kompaniya rejasiga ko‘ra, bu gen materiallari Mars yoki “Yerga o‘xshash sayyoralarga” jo‘natiladi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025