Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Lester” klubi egasining vertolyoti falokatga uchradi
Angliyaning Lester shahridagi “King Pauer” futbol stadioni yonida “Lester” klubi prezidenti Vishay Shrivaddanaprabxaning vertolyoti falokatga uchradi.
Sky News telekanalining xabar qilishicha, vertolyot parvoz qilgandan bir necha soniya o‘tib nazorat yo‘qotilgan va u qulash vaqtida yonib ketgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotda Shrivaddanaprabxa ham bo‘lgan. U bu vertolyotda o‘yinlardan keyin Lesterdan Londonga qaytgan.
Voqea Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Lester”-“ Vest Xem” o‘yinidan keyin sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga politsiya va avariya-qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Shrivaddanaprabxa bojsiz savdo do‘konlari tarmog‘i King Power Duty Free asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U “Lester”ni 2011 yilda sotib olgan.
Mavzuga oid
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
08:55 / 11.04.2025
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi
14:38 / 06.01.2025
NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi
22:27 / 25.12.2024