Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Afrikadagi qurolli kuchlar rossiyaliklarga ultimatum qo‘ydi
Markaziy Afrika Respublikasi hududida harakatlanuvchi «Seleka» guruhi (CNDS) jangarilari boshlig‘i Abdulayye Issen mamlakat armiyasiga va rossiyalik yollanma harbiylarga guruh nazorat qilayotgan hududni tark etishi uchun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda «MBX Media» va RBK Issenning bayonotiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Ultimatumga musulmon diniga e'tiqod qiluvchi Karim Mekassua MAR parlamenti raisi lavozimidan chetlatilgani sabab bo‘lgan. Issen uning chetlatilishini noqonuniy deb topgan. U MAR prezidenti Fosten-Arkanjyema Tuaderuni (u xristian diniga e'tiqod qiladi) fitna uyushtirishda ayblagan.
Issenning bayonnomasida Tuader bu fitnani Valeriy Zaxarov rahbarligidagi «Rossiyadan kelgan yollanma harbiylar» bilan til biriktirgan holda amalga oshirgan.
«Rossiya Federatsiyasidan Kremlga yaqin bu yollanma kuchlarning vazifasi nimaligi, ularning Markaziy Afrikada bo‘lishdan haqiqiy maqsadi nima ekanini izohlashni talab qilamiz», — deyilgan kommyunikeda.
2018 yilning yozida MAR hududida rossiyalik jurnalistlar O‘rxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenko o‘ldirilgandi. Ular Afrika markaziga rossiyalik yollanma jangchilardan iborat «Vagner» guruhi haqida film olish maqsadida kelishgandi. Qotillik «Seleka» guruhi tomonidan sodir etilgani aytildi.
MARda rossiyalik harbiy mutaxassislar ham faoliyat yuritadi. 2018 yil martida RF TIV Markaziy Afrikaga 5 nafar harbiy va 170 nafar instruktor yuborilgani, ular BMT rezolyutsiyasiga muvofiq hukumat harbiylarini o‘qitish bilan shug‘ullanishadi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi
15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024