O‘zbekiston | 19:57 / 28.10.2018
6438
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga tabrik yo‘lladi

Foto: Vinegret.cz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr - Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Chexiya Respublikasi prezidenti Milosh Zemanga tabrik yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, 28 oktabr kuni chexlar Mustaqillik kuni - Mustaqil Chexoslovakiya Respublikasi tashkil etilgan kunni nishonlashadi.

Chexiya birinchi jahon urushidan so‘ng - 1918 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan. 1918 yil 28 oktabrda Chexiya milliy qo‘mitasi mamlakatning Avstriya-Vengriyadan mustaqilligini e'lon qildi. Bundan tashqari, o‘sha kuni u Slovakiya bilan birlashdi. Natijada, Chexoslovakiya tashkil topdi.

1993 yil 1 yanvar kuni Chexiya Respublikasining Chexoslovakiyadan mustaqilligi rasman e'lon qilindi. Shu bilan birga, Chexiya Respublikasining mustaqillik bayrami 28 oktabrda, o‘z davlati tarixida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sanani inobatga olgan holda nishonlanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid