Jahon | 10:13 / 28.10.2018
9011
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi yagona orol xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi 

Foto: REUTERS/Khaled al-Hariri

O‘rta yer dengizida joylashgan, Suriyaning yagona oroli Arvad xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor. Bu haqda jurnalistlarga mahalliy ma'muriyatda ma'lum qilindi. 

6 kvadrat kilometr maydonni egallovchi orolda 5 ming kishi yashaydi, aholi asosan baliqchilik va qayiq qurish bilan kun ko‘radi. Arvad boy tarix va diqqatga sazovor joylarga ega va bu joylar hozircha faqat suriyalik sayyohlarni jalb qiladi. 

Oroldagi shahar miloddan avvalgi 2-mingyillikda finikiyaliklar tomonidan barpo etilgan. Arvad o‘z vaqtida misrliklar, rimliklar, vizantiyaliklar tomonidan boshqarilgan. Xoj yurishlaridan keyin musulmonlar nazoratiga o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, yaqinda orolda katta ko‘lamli tozalash ishlari o‘tkazildi va endi xorijliklar, jumladan Livan va Kiprdan sayyohlarni kutib olishga tayyor. 

“Bir ko‘ring! Bu inshootga ming yil bo‘lganiga qaramay qanday saqlanib qolgan! Bu turk hammomi. Biz uni ochmoqchi ham bo‘ldik, biroq obektni saqlab qolish maqsadida bu fikrimizdan qaytdik”, deb aytmoqda Avrad meri Ali Najim.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid