Jahon | 00:33 / 29.10.2018
8791
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Meksika bilan chegaradagi devorning ilk qismi ochildi

Foto: twitter.com/@SecNielsen

28 oktabrda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen Meksika bilan chegarada barpo etilayotgan devorning 3 kilometrlik qismini tantanali ravishda ochib berdi. 

“Chegaradagi devorning birinchi qismi qurilishi yakunlanganini faxr bilan e'lon qilaman”, deb yozgan Nilsen tvitterda. U yangi chegara tizimlarini joylashtirishda yordam berayotgan barcha hamkorlar va AQSh chegara-bojxona xizmatiga minnatdorlik bildirgan.

Meksika bilan chegarada devor qurish tashabbuschisi AQSh prezidenti Donald Tramp hisoblanadi. U saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq janubiy chegarada devor qurishga va'da berib kelgan va prezident bo‘lgach, bu rejasini amalga oshirishni boshlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid