Jahon | 07:21 / 29.10.2018
7171
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi prezident saylovlari natijalari e'lon qilindi 

Foto: Carl DE SOUZA / AFP

Braziliyada o‘tgan prezident saylovlarining 2-turi natijalariga ko‘ra Jair Bolsonaru g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Globo kanali xabar berdi. 

99,99 foiz saylov byulleteni qayta ishlangandan so‘ng, Sotsial-liberal partiya nomzodi Bolsonaru 55,13 foiz, Mehnatkashlar partiyasidan Fernandu Addad 44,87 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan.

Jair Bolsonaru va Fernandu Addad
Foto:Getty Images

Yangi prezident 2019 yil 1 yanvardan lavozimini bajarishga kirishadi.

Bolsonaru prezident kampaniyasi davomida bergan barcha va'dalarini bajarishini aytgan.

“Barcha berilgan va'dalar bajariladi. Men barchaga qo‘llab-quvvatlov, ovozlar va ishonch uchun minnatdorlik bildiraman. Biz qayerga borishni istayotganimizni va Braziliya qayerga bormoqchiligini bilamiz. Men juda xursandman va bizning vazifa – mamlakat taqdirini yaxshi tomonga o‘zgartirishdan iboratligini anglayman”, deb aytgan Bolsonaru.

Braziliyaning amaldagi prezidenti Mishel Temer 29 oktabrdan Bolsonaruga hokimiyatni topshirishni boshlashini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid