Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hemilton “Formula-1” poygalarining 5 karra chempioniga aylandi
Britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton joriy “Formula-1” poygasining muddatdan avval chempioniga aylandi.
“Mersedes” a'zosi qatorasiga ikkinchi yil shohsupadan joy egallamagan holda Meksikadagi bosqichda jahon chempioniga aylanmoqda. U joriy bosqichda marraga to‘rtinchi bo‘lib kelgan, biroq ushbu natija unga faoliyatidagi beshinchi chempionlikni rasmiylashtirishga yetarli bo‘lgan.
Hemilton Meksika Gran-prisi doirasida umumiy jadvalda o‘ziga birinchi o‘rinni ta'minlab, ortidan kelayotgan Sebastyan Fetteldan yetib bo‘lmas darajada o‘zib ketdi. Fettel marraga ikkinchi bo‘lib kelgan.
G‘oliblikni esa Red Bull a'zosi, gollandiyalik Maks Ferstappen nishonlagan.
Joriy poygalarning yakunlanishiga yana ikkita bosqich – Braziliya va Abu-Dabi Gran-prilari qoldi.
Bungacha Hemilton 2008, 2014, 2015 va 2017 yillarda chempion bo‘lgan.
“Formula-1” tarixida eng ko‘p chempionlikni afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxer qo‘lga kiritgan. Uning hisobida 7 ta chempionlik unvoni (1994, 1995, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004 yy.) bor.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022