Jahon | 00:49 / 29.10.2018
8200
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Antarktidada ilk doimiy aeroport qurmoqchi

Foto: Flickr/Fuzzy Gerdes

Xitoy hukumati Janubiy qutbda ilk doimiy aeroport barpo qilmoqchi. Bu haqda Keji Ribao ilmiy nashri ma'lum qildi. 

“Aeroport infratuzilmasi uchish polosasi va havo terminalini o‘z ichiga oladi. Tanlangan joyda aeroport quriladi. Bu aeroportning paydo bo‘lishiga bir necha yil bor”, deb aytgan nashrga manba.

Aeroport Antarktidaning sirtini qoplab turuvchi muzliqda quriladi. Joy bir yil avval tanlangan.

Ma'lum qilinishicha, Xitoy avvalroq Antarktidada samolyotlarni favqulodda qo‘ndirish uchun ikkita polosa qurgan, ulardan biri “Kunlun” stansiyasidan 3 km uzoqlikda joylashgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid