Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning «dubli», «Yuventus»ning irodali g‘alabasi, «Napoli»ning ochko yo‘qotishi - Italiyada tur voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 10-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bir qancha voqealar yuz berdi.
RONALDUNING IKKITA GOLI VA «YuVeNTUS»NING IRODALI G‘ALABASI
«Yuventus» safarda «Empoli» bilan bellashdi. Autsayderlardan biriga qarshi o‘tkazilgan bahs chempion uchun oson kechmadi.
28-daqiqada mezbonlar kutilmaganda hisobda oldinga chiqib olishdi. Kaputo qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni egallab olib, darvozaning yuqori burchagiga joyladi. Bu gol mehmonlarga salbiy ta'sir qildi va «Yuventus» bo‘lim oxiriga qadar o‘ziga kelolmadi. Ikkinchi bo‘limni turinliklar faol boshladilar. 54-daqiqada «Empoli» himoyachisi raqib futbolchisini o‘z jarima maydonida qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Penaltini esa Krishtianu Ronaldu aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.
Shundan so‘ng, tashabbus to‘liq «Yuventus»ga o‘tdi. 70-daqiqada Ronaldu chamasi 30 metrlardan kuchli va aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning to‘qqizligiga kiritib yubordi. Gol juda chiroyli chiqdi, keyinchalik aynan u g‘alaba keltirgani ma'lum bo‘ldi. Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 28 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni mustahkamladi.

O‘yindan so‘ng, Massimiliano Allegri «Yuventus»ning g‘alabasiga quyidagicha izoh berdi: «Ikkinchi bo‘limda biz ko‘plab vaziyatlarni yaratdik va g‘alabaga haqli edik. Ronalduning ikkinchi goli juda chiroyli bo‘ldi. Bu haqiqiy afsungarlik edi. Mana shunday lahzalar yosh futbolchilarga zo‘r ta'sir qiladi. Italiyada taktikaga juda ko‘p e'tibor qilinadi. Biz bolalarga oddiy narsalarni o‘rgatishimiz kerak».
Empoli – Yuventus 1:2 (1:0, 0:2)
27 oktabr, «Karlo Kastellani» stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.
Empoli – Provedel, Di Lorentso, Silvestre, Mayyetta, Antonelli (Paskual, 69), Bennaser, Akkua, Traore (la Gumina, 82), Krunich, Zayts (Uchan, 75), Kaputo.
Yuventus – Shchensni, De Shilo (Bardzali, 90), Rugani, Kellini, Bonuchchi, Aleks Sandro, Bernardeski (Kuadrado, 66), Pyanich (Duglas Kosta, 80), Bentankur, Matyuidi, Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (43), Bentankur (45), Traore (58), Dibala (78), Uchan (90).
NeAPOLDAGI KUTILMAGAN NATIJA
«Napoli» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Mezbonlar butun o‘yin davomida katta tashabbusga ega bo‘lishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 14-daqiqada Under tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar e'tiboridan chetda qolgan El-Shaaravi darvozaga aniq yo‘lladi. Shundan so‘ng, «Napoli» katta kuch bilan oldinga o‘tib, gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq, darvozabon va himoyachilar bexato harakat qilishdi. Neapolliklar faqat o‘yinning so‘nggi daqiqasida darvozani ishg‘ol etishdi. Insine to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Mertens yaqin masofadan uni darvozaga aniq yo‘lladi. Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 22 ochko bilan 2-o‘rinda, «Roma» esa 15 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Napoli – Roma 1:1 (0:1, 1:0)
28 oktabr, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 0:1 – 14 El-Shaaravi, 1:1 – 90 Mertens.
Napoli – Ospina, Xyusay (Malkyui, 70), Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Hamshik (Zelinski, 75), Fabian Ruis, Insine, Milik (Mertens, 56).
Roma – Olsen, Santon, Manolas (Fasio, 75), Jyezus, Kolarov, de Rossi (Kristante, 43), Nzonzi, Under (Florentsi, 65), Pellegrini, El-Shaaravi, Jyeko.
Ogohlantirishlar: Jyeko (55), Nzonzi (58), Manolas (68), Pellegrini (80), Olsen (80).
«MILAN» SeRMAHSUL O‘YINDA G‘ALABA QOZONDI
«Milan» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni qabul qilib, 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
17-daqiqada Kutrone o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Biroq, «Sampdoriya» esankirab qolmadi va bunga 2ta gol bilan javob qaytardi. 21-daqiqada Saponara, 31-daqiqada Kvalyarella raqib himoyachilarini xatolari uchun jazoladi. «Milan» tanaffusga qadar hisobni tenglashtira oldi. Iguain jarima maydoni ichida himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib, to‘pni darvozaga kiritdi. Ikkinchi bo‘limda Suso individual harakatlari bilan jamoasining g‘alabasini ta'minladi. 62-daqiqada uning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasidan so‘ng, darvozabon to‘pni qaytara olmadi. Bu natijadan so‘ng, «Milan» 15 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Sampdoriya» shuncha ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Milan – Sampdoriya 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Kutrone, 1:1 – 21 Saponara, 1:2 – 31 Kualyarella, 2:2 – 36 Iguain, 3:2 – 62 Suso.
«FROZINONe» ILK MAROTABA G‘ALABA QOZONDI
«Frozinone» klubi safarda SPAL bilan bellashdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Chibsa, Chiano va Pinamonti gollari mehmonlarga 3:0 hisobidagi yutuqni keltirdi. Bu o‘yingacha «Frozinone» 2 marta durang o‘ynab, 7 marta yutqazgan edi. Bu natijadan so‘ng, A Seriyada g‘alaba qozonmagan faqat «Kevo» qoldi.
SPAL – Frozinone 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 40 Chibsa, 0:2 – 53 Chiano, 0:3 – 89 Pinamonti.
A SeRIYa 10-TURI NATIJALARI
27 oktabr
Atalanta – Parma 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 55, avtogol Galolo, 2:0 – 72 Palomino, 3:0 – 80 Manchini.
Empoli – Yuventus 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.
Torino – Fiorentina 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 2 Benassi, 1:1 – 13, avtogol Lafon.
28 oktabr
Sassuolo – Bolonya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Palasio, 1:1 – 17 Marlon, 1:2 – 56 Mbayye, 2:2 – 85, penalti Boateng.
SPAL – Frozinone 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 40 Chibsa, 0:2 – 53 Chiano, 0:3 – 89 Pinamonti.
Kalyari – Kevo 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Pavoletti, 2:0 – 59 Kastro, 2:1 – 79 Stempinski.
Jyenoa – Udineze 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Romulo, 1:1 – 65 Lazanya, 2:1 – 67 Romero, 2:2 – 70 de Paul.
Chetlatish: Romero (Jyenoa, 74).
Milan – Sampdoriya 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Kutrone, 1:1 – 21 Saponara, 1:2 – 31 Kualyarella, 2:2 – 36 Iguain, 3:2 – 62 Suso.
Napoli – Roma 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 El-Shaaravi, 1:1 – 90 Mertens.
29 oktabr
Latsio – Inter
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
9 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa)
7 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 1 pen)
6 - Chiro Immobile (Latsio, 1), Lorentso Insine (Napoli)
5 - Leonardo Pavoletti (Kalyari), Rodrigo De Paul (Udineze, 1), Gregore Defrel (Sampdoriya), Gonsalo Iguain (Milan)
A SeRIYa NAVBATDAGI TUR O‘YINLARI
11-tur.
2 noyabr
NAPOLI - EMPOLI
3 noyabr
Inter - Jyenoa
Fiorentina - Roma
Yuventus - Kalyari
4 noyabr
Latsio - SPAL
Kevo - Sassuolo
Parma - Frozinone
Sampdoriya - Torino
Bolonya - Atalanta
Udineze - Milan
HAMShIK «NAPOLI» ReKORDINI TAKRORLADI
«Napoli» sardori Marek Hamshik A Seriya 10-turidan o‘rin olgan «Roma»ga (1:1) qarshi o‘yinda klub rekordini takrorladi.

Slovakiyalik futbolchi 511-marta neapolliklar libosida maydonga tushdi va Juzeppe Bruskolotti ko‘rsatkichiga yetib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Hamshik «Napoli» safida urilgan gollar bo‘yicha ham rekordchidir - 120ta. 31 yoshli futbolchi 2007 yildan beri jamoa sharafini himoya qiladi.
«INTeR» O‘Z TARIXIDAGI ENG YoSh PReZIDeNTNI TAYINLADI
«Inter» 26 yoshli Stiven Chjan klubning yangi prezidenti bo‘lganini e'lon qildi. U «neradzurri» aksiyalariga egalik qiluvchi Xitoyning Suning Group kompaniyasi rahbarlaridan biri Chjan Jindongning o‘g‘li hisoblanadi. Qayd qilish joizki, Stiven Chjan «Inter» tarixidagi eng yosh prezident bo‘ldi.

So‘nggi 5 yil davomida klubni indoneziyalik tadbirkor Erik Tohir boshqargan edi.
«MILAN» 72 YILLIK ANTIReKORDNI TAKRORLADI
«Milan» A Seriya 10-turida «Sampdoriya»ni (3:2) hisobida mag‘lub etdi.
Natijada, «rossoneri» 1946 yildan buyon ilk marotaba Italiya chempionatining qatorasiga 15ta o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qololmadi. So‘nggi marta «Milan» 15 aprel kuni «Napoli»ga (0:0) qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan edi.
2018/19 mavsumida «Milan» barcha musobaqalarda 12ta o‘yin o‘tkazib, biror marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qololmagan.
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020