Iqtisodiyot | 09:58 / 29.10.2018
13808
1 daqiqa o‘qiladi

Shell O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etmoqchi

Foto: REUTERS

Shell konserni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar berildi, deb yozmoqda Spot.

Kontsern vitse-prezidenti Joanna Kyunsbergning so‘zlariga ko‘ra, Shell mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qiziqib qoldi hamda yirik sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun yoqilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, Britaniyaning Kafolatlangan eksport kreditlari departamentidan energetika loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ jalb etish imkoniyati ham mavjudligi aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BP O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishi, Castrol moyini ishlab chiqarish rejalashtirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid