Jahon | 08:20 / 29.10.2018
80268
2 daqiqa o‘qiladi

Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Foto: EPA/BAGUS INDAHONO

Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Bu haqda Reuters Indoneziya qutqaruv xizmatlariga asosan xabar bermoqda.

Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan, deb xabar qilyapti Straits Times gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan.

Flightradar samolyotlar parvozlarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi resurs ma'lumotlariga ko‘ra, layner Yava orolining g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida dengizga qulagan.

Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar «Boing» bo‘laklari va yo‘lovchilar buyumlarini dengizdan chiqarib olishni boshlashgan.

Qayd etilishicha, kemalar va vertolyot samolyot parchalarini Yava oroli qirg‘og‘iga juda yaqin yerda aniqlashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid