O‘zbekiston | 14:24 / 30.10.2018
44865
3 daqiqa o‘qiladi

«Ertaga fermerning boshiga ham shu kunlar kelmasa edi». Deputat SSPni keskin tanqid qildi

Foto: Xalqaro press-klub

Deputat Rasul Kusherbayev Facebook’dagi sahifasida Savdo-sanoat palatasini keskin tanqid ostiga oldi. Quyida uning matni keltiriladi.

“Yirik tadbirkorlarni Savdo-sanoat palatasiga majburan a'zo qilib qo‘ydik. Xo‘sh, nima o‘zgardi?

Ha aytgancha, bugun Toshkent viloyatidan transport xizmati ko‘rsatish sohasi bo‘yicha tadbirkor murojaat qilib dardini to‘kib soldi: 

Savdo-sanoat palatasi majburiy a'zolik huquqidan foydalanib ulardan a'zo bo‘lish va a'zolik badali uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida pul to‘lashni talab qilayotgan ekan. 

Qoyil-ye, tadbirkorni himoya qilishi kerak bo‘lgan palatadan vaqti kelib tadbirkorning o‘zini himoya qilishga to‘g‘ri kelsa-ya. Ertaga fermerning boshiga ham shu kunlar kelmasa edi. 

Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay suvga tushib, kesak ko‘tarib mashq qilib yurgan fermerga chinovnik emas nodavlat himoyachi kerak”, - deb yozadi deputat.

Ma'lumot uchun, Savdo-sanoat palatasi respublikada tadbirkorlik faoliyati, avvalo, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish, real mulkdorlarning keng sinfini shakllantirish, mamlakatning iqtisodiy hayotida xususiy sektor roli va ahamiyatini oshirishga ko‘mak berish; xorijiy sheriklar va investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarni kengaytirish, mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan eksport mahsulotini tashqi bozorlarda ilgari surish, shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish, kichik va xususiy korxonalarni texnik jihozlash va yangilash uchun respublikaga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda respublika tadbirkorlariga ko‘mak berish; boshqa davlatlarning Savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, O‘zbekiston tadbirkorlari delegatsiyalarining ishbilarmon tashriflarini tashkil etish va respublikaga chet ellik tadbirkorlarni taklif qilish, respublikada va chet elda xalqaro biznes-forumlar, savdo-sanoat ko‘rgazmalari va yarmarkalarni o‘tkazish va boshqa vazifalarni bajaradi.

Mavzuga oid