Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: ta'lim xodimi va xususiy tadbirkor firibgarlik hamda pora berishga dalolat qilish jinoyatlarini sodir etishdi
Shu yilning 13 oktabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Ch.N. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U 2018 yilning oktabr oyi boshlarida X.A. Oliy ta'lim vazirligida ishlovchi U.A. orqali uning ikki nafar tanishlarini Toshkent huquqshunoslik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va'da qilib, evaziga 3 ming AQSh dollari so‘raganligini ma'lum qilgan.
Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va Namangan viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, xususiy tadbirkor X.A. Namangan shahrining Nodira ko‘chasida fuqaro Ch.N.dan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. X.A. o‘z ko‘rgazmasida ushbu pullarni o‘qishga kiritish masalasini hal qilish uchun jinoiy sherigi U.A.ga berishi lozim bo‘lganligini ko‘rsatgan.
14 oktabr kuni X.A.ning ko‘rgazmasi asosida tezkor tadbir davom ettirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i U.A. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani “Qirqqiz” qishloq fuqarolari yig‘ini hududida jinoiy sherigi X.A.dan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan X.A. va U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:32 / 21.05.2025