Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda avtobus ag‘darilib ketdi, jarohat olganlar bor
Shu yil 29 oktabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobusini “Namangan-Chortoq” yo‘lining 38-km.da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtobus yo‘lovchilaridan biri nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va yana ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.
Avtobusning qolgan 12 nafar yo‘lovchisi voqea joyida shifokorlar tomonidan nazorat tariqasida tekshirilib, sog‘-salomatligi tufayli uylariga ruxsat berilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
21:28 / 22.05.2025